Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha 2026-yil uchun yill
✅ Joriy yilning 23-sentyabr kuni, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi direktori tomonidan 2026-vil 30-yanvarda tasdiqlangan "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha 2026-yil uchun yillik taqvim reja" ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining pedagog xodimlari Farg‘ona shahrida joylashgan "O‘lkashunoslik" muzeyiga tashrif buyurdilar.
✅ Tashrif davomida xodimlar muzeyda namoyish etilayotgan tarixiy eksponatlar, qadimiy buyumlar, hamda ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga oid qimmatli manbalar bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Muzey ekspozitsiyalari orqali Farg‘ona zaminining boy tarixi, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizning bebaho merosi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✅ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar xodimlarning tarixiy bilimlarini kengaytirish, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha yangiliklar