“Bir kasb – bir yaxshilik”: Farg'ona shahrida amaliy yordam tadbiri o‘
“Bir kasb – bir yaxshilik” Respublika ijtimoiy loyihasi konsepsiyasi doirasida og‘ir toifadagi hududlarda yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi amaliy ishlar tashkil etildi.
Xususan, 2026-yil 11-sentabr kuni Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi “Level UP” volontyorlik jamoasi ko‘ngilli yoshlari o‘zlarining tashabbuslari bilan boquvchisini yo‘qotgan qarovga muhtoj oilalarni holidan xabar olish va xo‘jalik ishlarida ko‘maklashish maqsadida texnikum o‘qituvchi-xodimlari bilan birgalikda Farg‘ona shahar “Jo‘ydam” MFY Jambil ko‘chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi uzoq muddatdan beri og‘ir kasal bilan davolanayotgan fuqaro Sobirov Baxodirjon Ibragimovich xonadoniga tashrif buyurib, ruxiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi hamda xo‘jalik ishlariga yordam berdilar.
Barcha yangiliklar